-
Yashamoq sokinlik istar.
O'zgur Bajaksiz,Juda ko'p ishlayapsiz, lekin hech narsaga ulgurmayapsizmi? Tashvishlaringizga barham berishga tirishganingiz sari ular ortib boryaptimi? Bir dam to'xtang. Nafasingizni rostlang va turk essenavisi O'zgur Bajaksizning xotirjamlik orqali hayot halovatini tuyish borasidagi mulohazalariga quloq tutib ko'ring. Iqtiboslarni hayotingizga tatbiq qiling, tavsiyalarga amal qilishga urining. Eng muhimi, o'zingizni chuqurroq tadqiq eting, hayotingiz haqida jiddiyroq fikr yuritishni boshlang. Darhaqiqat, hayot shiddatli. Uni mutanosib jadalliksiz, mehnat-u muvaffaqiyatlarsiz yashab o'tish ham ravo ko'rilmaydi. Shunchaki o'zimizni tartibga solishimiz, imkoniyatlarimizga to'g'ri baho berishimiz, xotirjam holda bir qur o'ylab olishimiz har doim muhim.