- 
                                        Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
- 
                                        
- 
                                        
- 
                                        
- 
                                        Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
- 
                                        
- 
                                        
- 
                                        Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
- 
                                        
- 
                                        
- 
                                        
- 
                                        Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
- 
                                        Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
- 
                                        Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
- 
                                        Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
- 
                                        Ular o'nta edi (O'nta negr bolasi)Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yo‘q . Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning o‘zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya eʼtirof etgani ham bejiz emas.  
- 
                                        Sevgi san'atiMashhur psixoanalist va ijtimoiy faylasuf Erix Fromm millionlab insonlarga sevgi uchun yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish orqali boy va samarali hayotga erishishga yordam berdi. Ushbu samimiy kitobda u bu gʻayrioddiy tuygʻu hayotingizning barcha yoʻnalishini qanday oʻzgartirishi mumkinligini koʻrsatib beradi. Koʻpchilik sevgiga boʻlgan qobiliyatini haqiqatan ham muhim boʻlgan darajada rivojlantira olmaydi — bu yetuklik, oʻz-oʻzini bilish va jasorat bilan birlashtirilgan sevgi. Sevishni oʻrganish, boshqa sanʼatlar singari, amaliyot va diqqatni jamlashni talab qiladi. Hatto boshqa har qanday sanʼatga qaraganda, u chinakam mulohaza va tushunishni talab qiladi. Fromm bu mumtoz asarida sevgini har tomonlama tadqiq etadi — yolgʻon tushunchalar va yuksak umidlarga botgan ishqiy sevgini emas, balki ota-ona, bolalarga boʻlgan sevgi, oʻzini sevish va Xudoga boʻlgan muhabbatni ham oʻrganadi. 
- 
                                        Bolalik xotiralarimАтоқли ўзбек ёзувчиси Муса Тошмуҳаммад ўғли Ойбек турфа воқеаларга бой, машаққатли ва айни пайтда ажойиб ҳаёт йўлини босиб ўтган. "Болалик хотираларим" китобида у ана шу йўлнинг 1917 - 1918 йилларга қадар бўлган қисми билан сиз ҳурматли китобхонларни таништиради. Ойбек сингари улуғ алломаларнинг болалик ва ёшлик кезлари уларнинг кўча чангитиб юрган оддий боладан халқнинг мутафаккир сиймоларидан бирига айланиши, айниқса, ёш авлодлар учун ҳамиша мароқли ва ибратлидир. 
- 
                                        NavoiyBahor quyoshi ko‘kning tiniq feruzasida Hirotning Gavharshod madrasasining haybatli gumbazi ustida porlar, gumbazning azamat peshtoqlarining naqshlari sho‘lalarda jonli, havoiy bir chamanzor kabi turli-tuman olov ranglar chaqnatar, kabutarlar dam uchib, dam sirpanib qo‘nib, gumbaz tevaragida quvonch bilan inoq o‘ynashar edi. Bir tomoni xonaqoh, uch tomoni katakcha-hujralar bilan o‘ralgan madrasaning keng, tekis, chorburchak sahnidan kecha shovdirab o‘tgan yomg‘ir ko‘zga ilinar-ilinmas bug‘ bo‘lib havoga ko‘tarilmoqda edi. Tolibi ilmlarning aksari bukun hovliga chiqishgan. Ular yapaloq g‘isht yotqizilgan yo‘lkalarga bo‘yralar solib dars tayyorlashadi. Ularning qay biri «Qofiya»da, qay bin «Hoshiya»da, qay biri «Shamsiya»da. Mana bunda biri kitobni tizzasiga qo‘yib katta sallali boshini uzluksiz chayqab, ko‘zlarini chirt yumgan holda g‘o‘ng‘illab «Arabiyot»ni yodlaydi. Nariroqda uch mullabachcha bir bo‘yra ustida o‘tirib, mushkul bir masalani bahslashadi. 
- 
                                        Полное собрание сочинений А .К. Шеллера-МихайловаЭто был сутуловатый, худощавый, некрасивый человек лет двадцати семи или восьми, с чахоточным лицом сероватого, геморроидального цвета и с узенькими тусклыми глазками, подслеповато выглядывавшими из-под очков. 
- 
                                        ПодростокВ настоящем издании представлен роман "Подросток". Наряду с романами "Преступление и наказание", "Идиот", "Бесы", "Братья Карамазовы" он составляет так называемое великое пятикнижие Достоевского. 
- 
                                        Qutlug'qonQutlugʻ qon— Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, akademik Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek qalamiga mansub tarixiy-badiiy roman. Asar 1938-yilda yozib tugatilgan,1940-yilda oʻzbek tilida, 1943-yilda rus tilida, 1949-yilda uygʻur va chex,1950-yilda slovak,1959-yilda qirgʻiz va ozarbayjon tillarida kitob holida nashr etilgan. 
- 
                                        Yolg'izlikning yuz yili«Ёлғизликнинг юз йили» – буюк колумб ёзувчиси Габриэль Гарсия Маркесга Нобель мукофотини олиб келган машҳур асар. Роман ҳозирги кунга келиб испан тилидан бошқа тилларга энг кўп таржима қилиниш бўйича Мигел Сервантеснинг «Дон Кихот»идан кейинги ўринда туради. Роман «мўъжизавий реализм» деб номланган йўналишда ёзилган. Бунга сабаб, асарда нореал нарсалар оддий ҳолдай кўрсатилади. Асар Маркес томонидан 1965–1966 йилларда 18 ой ичида Мехико шаҳрида ёзиб тугатилган. Асарнинг оригинал ғояси 1952 йилда, муаллиф туғилиб ўсган қишлоғи Аракатакага ташриф буюрганида туғилган. Адиб 1954 йилда ёзилган «Шанбадан кейинги кун» ҳикоясида илк бор Макондо шаҳри тилга олинади. Аслида Маркес романининг номини «Уй» деб номламоқчи бўлган, охир-оқибат ёзувчи Альваро Самудионинг «Катта уй» романига ўхшаб қолмаслиги учун «Ёлғизликнинг юз йили» номини танлаган. 
- 
                                        Alvido QurolДунё миқёсида машҳур адиб, «Нобель» мукофоти совриндори Эрнест Хемингуэйнинг «Алвидо, қурол» романи ундаги қаҳрамонларнинг фикр-хаёллари, кечмишлари орқали урушнинг инсоният бошига солган мудҳиш кулфатлари ҳақида ўйлашга, тинчликнинг қадрига етишга чорлайди. Азиз китобхон, серқирра ижодкорнинг миллионлаб нусхаларда чоп этилган асарларини мутолаа қилишга шошилинг. 
- 
                                        QimorbozFyodor Dostoyevskiy – tom ma’noda ham rus adabiyotining, ham dunyo adabiyotining zabardast vakili. Uning asarlari o‘zbek kitobxonlari uchun allaqachon sevimliga aylanib ulgurgan. Qaysiki kitobxon bo‘lsin, kitob do‘konida Dostoyevskiyning hali mutolaa qilib ulgurmagan asarini ko‘rar ekan, uni olmasdan o‘tmaydi. 
- 
                                        Microsoft Lync 2013 Unified Communications: From Telephony to Real-time Communication in the Digital AgeThe book combines both interesting areas; business, and technology, into one single literature. The reader will get to know all important key areas of unified communications technologies: How to evaluate and integrate unified communications project in your own company or for your customer, how you select the right solution, how you plan, design, and implement the technology itself, and also how you can create a compelling business case for communications and collaborations projects. Additionally, you get to know the current innovations and available technologies for social networking, collaboration, cloud services, contact centers and enhanced collaboration for mobile devices. 
- 
                                        Diyonat“Diyonat” romani ijtimoiy talqin ustuvorlik qilgan asar hisoblanadi: “Mingbuloqdan keladigan bir ariq suv dam oftobda kumushday yarqirab, dam ariq tagidagi giyohlar rangida ajib tovlanib, daryoday hayqirib oqmoqda edi. Haydar ariqqa yetmasdanoq kiyimlarini yechib, bedazorga otib yubordi-da, hurkak otday oldindan dir-dir titrab, oʻzini suvga otdi. Muzday buloq suvi aʼzoyi badanidan oʻt chiqarib yuboribdiki, u jonholatda suvda oʻynoqlab, oʻzini u qirgʻoqdan-bu qirgʻoqqa otdi, lekin zum oʻtmay tanasi suvga oʻrganib, allaqanday tinchib qoldi. U tol shoxini ushlab, suvda chalqancha tushib yotdi-da, koʻzini yumdi. Nazarida, goʻyo suv emas, kimningdir muloyim qoʻli uning horgʻin tanasini mehr bilan silayotganday, har bir hujayra, har bir asab tolasiga orom berib, sevib silayotganday tuyuldi. Qahramon hayoti bilan davr voqeligining oʻzaro ziddiyati asar falsafasini – diyonat, or-nomus, iymon-eʼtiqod kabi insoniy sifatlarning mohiyatini ilgʻab olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu oʻzaro murosasiz jang, shaxs oʻzligini anglashga daʼvat etadi. " Muallif tabiat manzarasini tahlil markaziga olib chiqadi. Parchada oʻziga xos mazmun kasb etib, unda qahramon ichki dunyosi, yashash maydoni va falsafiy dunyoqarashi aks ettiriladi. Haydar obrazi tadrijiga nazar tashlasak, uning hayot yoʻli oʻzgachaligi koʻzga tashlanadi. Boʻlajak olim toʻq oilada voyaga yetadi. Uning otasi Otaqoʻzi millioner raislardan biri. Qalbi faxr va gʻururga toʻla yigitcha togʻasi Normurod Shomurodovni dastavval uncha tushunmaydi. Koʻngliga ishq olovi tushgan personaj turmush mohiyatiga kirib borgan sayin domlani anglay boshlaydi. Aslida qahramonda yuzaga kelgan evrilish tashqi voqelikka boʻlgan munosabat shaklida aniqlik kasb etadi. Tevarak-atrofda roʻy berayotgan hodisalar uni oʻylashga, fikrlashga majbur etadi. 
- 
                                        Бахтнинг олис манзилиАслида, қишлоқнинг оддий боласиман, бунинг устига, онам уч фарзандни чирқиллатиб, ҳали мен ўнга ҳам кирмасимдан ўлиб кетган. Отам, ўзининг айтишича, эсини таниганидан бери сувчилик қилади. Туманимиз марказидан бошқа жойни кўрмаган. 
- 
                                        Meros qisqa hikoyalar„Meros. Erk. Qadrim“ — o‘zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub qissalar to‘plami. 1975 yil Toshkent shahrida G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. To‘plamga Qodirovning „Meros“, „Erk“, „Qadrim“ qissalari kiritilgan. „Qadrim“ qissasi 1961 yil, „Erk“ qissasi 1968 yil, „Meros“ qissasi esa 1974 yilda yozilgan. „Qadrim“, „Erk“, „Meros“ qissalarida inson shaxsiga ehtirom, erk, oʻzlik, qadriyat muammolari yoritilgan. Har bir qissaning markazida, asosan, inson turadi. Qissalarda insonni oʻyga, hayajonga solgan muammolar yoritilgan. Yozuvchi hayotga endi kirib kelayotgan yigit obrazi orqali boshqalarni qaramlikka qarshi kurashishga, qadr-qimmat, oʻzlik, gʻururni himoya qilishga hamda mustaqillik uchun kurashishga chaqirgan. Qissalar haqida asar yozilganidan keyin yigirma yil oʻtib yozuvchining oʻzi shunday degan: „Totalitar imperiya bizni qaram ahvolga solib, qadr-qimmatimizni yerga urishini ich-ichimizdan sezib, ruhan behad qiynalardik. Lekin buni ochiq aytolmay, „Qadrim“, „Erk“ kabi qissalarda ichki erkini yoʻqotgan, mutelik dardiga giriftor boʻlgan qahramonlar hayotini hamdardlik bilan koʻrsatish orqali ozodlik va mustaqillikka boʻlgan tashnalikni qondirishga intilardim“. 
- 
                                        Am Freitag schlief der Rabbi langHARRY KEMELMAN wurde 1908 in Boston geboren undstudierte an der Boston University und in Harvard. Er arbeitete alsVerkäufer und Lehrer, ehe er eine Professur am State College in Boston annahm. 1964 erschien der erste Fall für Rabbi DavidSmall, «Am Freitag schlief der Rabbi lang», der mit dem EdgarAllan Poe Award ausgezeichnet wurde. Seitdem veröffentlichte Kemelman noch zehn erfolgreiche Fälle für den Schriftgelehrten und scharfsinnigen Hobbydetektiv, bevor er 88-jährig in Boston starb. 
- 
                                        Муслима аёл европадаКекса бир насроний олмон аёлидан: -Мусулмонлар мамлакатингизга келишидан илгари муслима аёллар ҳақида фикрингиз қанақа еди? -дея сўрадим. -Уларни: "Муҳташам саройларда яшайдиган, латофатли ва жуда чиройли хонимлар бўлишса керак" -деб ўйладим. 
 
                        